
Isroil reproduktiv tibbiyot va oila salomatligi Toshkent markazida zamonaviy uskunalar va dasturiy ta’minotga katta e’tibor qaratiladi, ular bemorlarga yuqori sifatli davolanish va ijobiy natijalarga erishishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bizning uskunalarimiz eng yuqori xalqaro standartlarga mos keladi va keng ko‘lamli tibbiy protseduralarni maksimal aniqlik va samaradorlik bilan o‘tkazish imkonini beradi.
Zamonaviy ekspert darajali UTT apparatlari
Bizning kabinetlarimiz ekspert darajasidagi apparatlar bilan jihozlangan, jumladan, O‘zbekistonda yagona bo‘lgan Voluson E10 – ginekologiya va ayol salomatligidagi oltin standart. U homiladorlikni skrining qilish va monitoringini o‘tkazishda eng yuqori aniqlikni ta’minlab, homilaning batafsil 3D tasvirlari va 4D videolarini taqdim etadi. Voluson E10 murakkab klinik holatlarda qo‘llaniladi va EKU uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan optimal implantatsiya oynasini aniqlashga yordam beradi.
Qon va PZR laboratoriyasi
Markazda o‘zining avtomatik analizatorlar bilan jihozlangan qon va PZR laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatadi. Barcha biokimyoviy va gormonal tadqiqotlar immunokimyolüminesans analiz (IXLA) usuli bilan amalga oshiriladi, bu esa yuqori aniqlik va ishonchlilikni ta’minlaydi. O‘z laboratoriyasining mavjudligi xizmatlar narxini pasaytirishga va natijalarni eng qisqa muddatlarda olish imkonini beradi.
Genetik laboratoriya
Bizning genetik laboratoriyamiz genetik tadqiqotlarda dunyo standarti sifatida tan olingan uskunalar bilan jihozlangan. Biz keng ko‘lamli tahlillarni o‘tkazamiz: eksom sekvenslashi, NIPT (invaziyasiz prenatal test), embrionlarning genetik tekshiruvi. Barcha tadqiqotlar klinika ichida amalga oshiriladi, bu biomateryalni chet elga olib chiqish zaruratini bartaraf etadi va natijalarning ishonchliligini kafolatlaydi. Genetik tadqiqotlar uchun biz quyidagilardan foydalanamiz:
- Illumina NextSeq 550
Illumina NextSeq 550 – PGT-A va erkin DNK (NIPT) tadqiqotlari vazifalarini o‘z ichiga olgan, xromosoma anomaliyalari va genomik nomutanosibliklarni tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan yuqori unumli massa parallel sekvenslashing platformasi. Tizim aneuploidiyalarni, yirik tuzilma qayta tashkil etishlarni va boshqa genetik o‘zgarishlarni aniqlashda yuqori aniqlikni ta’minlaydi. Ishning barqarorligi va yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan ajralib turadi, bu uni genomiya tadqiqotlarining ishonchli vositasi qiladi.
- Illumina NextSeq 2000
Illumina NextSeq 2000 – DNK ni chuqur qoplash va yuqori aniqlikdagi o‘qishni ta’minlovchi, ekzom (WES) va to‘liq genomiya sekvenslashi (WGS) uchun zamonaviy platforma. Tizim nuqtaviy mutatsiyalarni, nusxalar sonidagi variantlarni, tuzilma qayta tashkil etishlarni va boshqa keng ko‘lamli klinik ahamiyatga ega o‘zgarishlarni aniglash imkonini beradi. Irsiy kasalliklarni tashxislash, molekulyar-genetik tadqiqotlar va kompleks genomiya profilini qurishda qo‘llaniladi.
- SeqStudio Genetic Analyzer
SeqStudio – alohida genlarni yuqori aniqlikda o‘rganish va irsiy o‘zgarishlarni aniglash uchun mo‘ljallangan kapillyar elektroforez analizatori. Asbob irsiy kasalliklarning tashuvchiligi va yashirin tashuvchiligini tahlil qilish, orqa miya mushula atrofiyasini (SMN1/SMN2) tashxislash, mo‘rt X-xromosoma sindromi xavfini baholash, shuningdek, monogen patologiyalar bilan bog‘liq genlardagi (AZF-deletsiyalar, CFTR, DMD va boshqalar) nuqtaviy mutatsiyalar, deletsiyalar va duplikatsiyalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Klinik genetika uchun zarur bo‘lgan yuqori sezgirlik va takrorlanuvchanlikni ta’minlayadi.
- Ion S5 Prime
Ion S5 Prime – o‘smalarning genetik profilini tahlil qilish uchun optimallashtirilgan, nishonlangan sekvenslashing platformasi. Tizim o‘sma rivojlanishiga ta’sir etuvchi mutatsiyalarni, nusxalar sonidagi variantlarni, gen birlashmalarini va boshqa o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi. Usulning yuqori sezgirligi genetik markerlarni aniq aniqlashni ta’minlaydi, bu asbobni shaxsiylashtirilgan nishonli terapiya va o‘smalarning molekulyar stratifikatsiyasini tanlash uchun samarali vositaga aylantiradi.
Davlat genomiya registratsiyasi to‘g‘risidagi qonunga (2020-yil 28-oktyabr, 2023-yil 1-yanvardan kuchga kirgan) muvofiq, biologik materialni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish, jinoiy ishlar bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno, man etilgan. Bu barcha genetik tadqiqotlar mamlakat ichida o‘tkazilishini, ularning qonuniyligi va ishonchliligini ta’minlashni anglatadi. Bizning laboratoriyamiz qonunchilik va xalqaro standartlarga to‘liq mos kelib ishlaydi.
Zamonaviy uskuna va texnologiyalarni qo‘llash bizning laboratoriyamizga aniq va ishonchli tahlillarni amalga oshirish imkonini beradi. Sifat ASHG va ESHG kabi yetakchi xalqaro konferensiyalardagi nashrlar va ma’ruzalar bilan tasdiqlangan.

Embriologik laboratoriya
Embriologik laboratoriya – bizning EKU klinikamizning yurak qismi hisoblanadi. U embryolarning rivojlanishini tabiiy (bachadon bo‘shlig‘i) sharoitga iloji boricha yaqin sharoitda kuzatib borish imkonini beruvchi zamonaviy Timelapse inkubatorlari bilan jihozlangan.
Timelapse inkubatorlar har 10 daqiqada tasvirlarni qayd etadi, bu embryologlarga rivojlanishni batafsil tahlil qilish va ko‘chirish uchun eng yaxshi embryolarni tanlash imkonini beradi. Bu muvaffaqiyatli implantatsiya va homiladorlikning boshlanishi ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.
Laboratoriya eng yangi kriokonservatsiya tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, bu embryolar, tuxum hujayralari va spermani uzoq muddat davomida xavfsiz saqlash imkonini beradi. Bu bemorlarga kelajakdagi homiladorlik urinishlarini qulay davrda rejalashtirish imkoniyatini beradi.
Noyob texnologiyalar va sun’iy intellekt
Bizning markazimiz davolash aniqligi va sifatini oshirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini faol joriy etmoqda. EKU qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi preparatlarning optimal dozalarini aniqlashga, stimulyatsiya protokolini tanlashga, shuningdek, punktsiya va embryolarni ko‘chirishning aniq vaqtini hisoblashga yordam beradi. Bu shifokorlik xatolari, gipestimulyatsiya va asoratlar xavfini kamaytiradi. Klinika faoliyati davomida gipestimulyatsiyaning birorta ham holati qayd etilmagan, bu yondashuvning yuqori samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlaydi.
Sun’iy intellekt bilan ishlaydigan spermatoanalizator SCA CASA
Biz klinikamizda O‘zbekistonda yagona bo‘lgan SCA CASA spermatoanalizatoriga ega ekanligimizdan faxrlanamiz, u spermaning parametrlarini, masalan, harakatchanlik, kontsentratsiya, morfologiya, DNK fragmentatsiyasi va hayotiylikni aniq baholash uchun sun’iy intellektdan foydalanadi. Ushbu analizator oddiy analiz usullarida mavjud bo‘lmagan aniqlikni ta’minlaydi va eng murakkab holatlarda ham reproduktiv texnologiya protsedurasi va davolashni to‘g‘ri tanlash imkonini beradi.
Dasturiy ta’minot va jarayonlarni avtomatlashtirish
Barcha tahlil natijalari va mutaxassislarning xulosalari avtomatik ravishda bemorlarga SMS xabar tarzida yuboriladi, bu qulaylik va tezkorlikni ta’minlaydi.
Shuningdek, qabulga yozilish va ko‘chirishlar haqida eslatmalar avtomatik ravishda keladi, bu bemorlarga o‘z vaqtini yaxshiroq rejalashtirishga yordam beradi.
Eng zamonaviy uskuna va texnologiyalardan foydalanish bizning markazimizga noyob xizmatlarni taklif qilish va bepushtlikni davolashda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Biz bemorlarimiz uchun eng yaxshi tibbiy xizmat sifatini ta’minlashga intilamiz va eng yuqori xalqaro standartlarga mos kelish uchun uskunalarimizni doimiy yangilaymiz.