Isroil tibbiyot markazi

Ish vaqti dushanbadan shanbagacha 8:30 dan 18:00 gacha

УЗИ щитовидной железы в IMC

Qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvi — bu invaziv bo‘lmagan va xavfsiz tadqiqot bo‘lib, u bezning holati va tuzilishini baholashga imkon beradi. Isroil tibbiyot markazida (IMC) ushbu jarayon eng zamonaviy uskunalar yordamida va yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi, bu esa aniq natijalar va qulay tekshiruvni ta’minlaydi.

Qalqonsimon bezning ahamiyati

Qalqonsimon bez organizmdagi barcha tizimlar, jumladan, sut bezlari va reproduktiv tizim faoliyatini nazorat qiluvchi gormonlarni ishlab chiqaradigan muhim a’zodir. Ushbu bezning faoliyatidagi buzilishlar umumiy salomatlikning yomonlashishiga va ba’zan psixologik muammolar kabi ko‘rinadigan alomatlarga olib kelishi mumkin.

Qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvi yordamida shifokor bezning hajmi, shakli va tuzilishidagi o‘zgarishlarni aniqlashi, shuningdek, tugunlar, kistalar va boshqa o‘sma tuzilmalarni topishi mumkin. Tekshiruv paytida odatda qalqonsimon bezning orqasida yoki yonida joylashgan to‘rtta qo‘shimcha bez ham ko‘rib chiqiladi. Qalqonsimon bez kasalliklarida, xususan, saraton kasalliklarida bo‘yin limfa tugunlarining kattalashishi kuzatilishi mumkin, shuning uchun tekshiruv davomida yaqin atrofdagi limfa tugunlarining holati ham baholanadi. Bu usul gipotireoz, giperterioz, zub va qalqonsimon bez saratoni kabi kasalliklarni tashxislashda

Xizmat ko'rsatuvchi shifokorlar

Ultratovush tekshiruvi ishlash prinsipi

Qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvi bo‘yin to‘qimalari orqali o‘tuvchi va turli tuzilmalardan aks etuvchi ultratovush to‘lqinlaridan foydalanadi. Ultratovush apparatiga ulangan maxsus datchik ushbu tovush to‘lqinlarini ishlab chiqaradi va aks ettirilgan to‘lqinlarni qabul qiladi. Kompyuter olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va real vaqtda ekran orqali ko‘rsatadi. Ushbu tasvirlar shifokorga bezning holatini baholash va muammolar mavjudligini aniqlashga yordam beradi.

Ko‘rsatmalar

Профилактическое обследование щитовидной железы

Qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvi quyidagi hollarda tavsiya etiladi:

  • Qalqonsimon bezning kattalashishi (zub).
  • Shifokor tekshiruv paytida bezdagi o‘sma tuzilmalarni paypaslab topganda.
  • Qalqonsimon bez faoliyati bilan bog‘liq gormonal buzilishlar (gipotireoz, giperterioz).
  • Qalqonsimon bez kasalliklariga irsiy moyillik mavjudligi.
  • Operatsiyaga tayyorgarlik yoki jarrohlik davolashdan keyingi kuzatuv.
  • Tushuntirib bo‘lmaydigan vazn o‘zgarishlari, lanjlik, xavotir, yurak urishi tezlashishi, uyqusizlik, tirnoqlarning sinishi, soch to‘kilishi, shishlar, yutish qiyinligi va qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarga ishora qiluvchi boshqa simptomlar.

Qarshi ko‘rsatmalar

Ushbu tekshiruvga mutlaq qarshi ko‘rsatmalar yo‘q. Qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvi har qanday yoshda va har qanday holatlarda, jumladan homiladorlikda ham amalga oshirilishi mumkin. Biroq, agar bo‘yin sohasida ochiq yaralar mavjud bo‘lsa, jarayonni to‘liq bitgunga qadar kechiktirish tavsiya etiladi.

Qalqonsimon bezning profilaktik tekshiruvi

Har qanday simptomlar bo‘lmasa ham, kasalliklarni erta aniqlash uchun qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvidan yillik ko‘riklar davomida o‘tishni tavsiya qilamiz. Bu davolash va sog‘ayish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi. Quyidagi guruhlar uchun tekshiruv juda muhimdir:

  • Irsiy moyilligi bo‘lgan shaxslar.
  • Qalqonsimon bez kasalliklari aniqlangan bemorlar.
  • 40 yoshdan oshgan va ilgari qalqonsimon bezni tekshirtirmagan odamlar.
  • Homilador yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollar.
  • Yod yetishmovchiligi bo‘lgan hududlarda yashaydiganlar.
  • Radiatsiya ta’siriga uchraganlar.
  • Zararkli ishlab chiqarish korxonalari xodimlari va ko‘p vaqt kompyuter oldida o‘tkazadigan shaxslar.
  • Gormonal preparatlar qabul qilayotganlar.

Qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi va homiladorlik

Homiladorlik davrida qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi bo‘lajak onaning ushbu organ holatini nazorat qilish uchun qimmatli diagnostik usul hisoblanadi. Qalqonsimon bez moddalar almashinuvi va gormonal muvozanatni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi, bu homiladorlik davrida, ayol organizmi katta o‘zgarishlarga duch kelganida, ayniqsa muhimdir. Qalqonsimon bez hujayralari T3 va T4 gormonlarini ishlab chiqaradi. Ularning miqdori gipofiz bezidan chiqariladigan TSH deb nomlangan boshqa bir gormon bilan tartibga solinadi. Ushbu gormonlar homiladorlikning boshlanishi va kechishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Qalqonsimon bez gormonlarining past yoki ortiqcha darajasi bola rivojlanishi va onaning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi ayolning homilador bo‘lish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin:

  • Qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlar tufayli hayz sikli buzilishi tuxum hujayraning yetilishida muammolarga olib keladi;
  • Gipoterioz (qalqonsimon bezning yetarli darajada faol bo‘lmasligi) bo‘lgan ayollar ovulyatsiya bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi mumkin, chunki tuxumdonlar to‘g‘ri ishlamaydi va tuxum hujayra hosil qilinmaydi, shuningdek, erta homila tushishi xavfi mavjud;
  • Qalqonsimon bezning buzilishi prolaktin gormonining ko‘payishiga olib kelishi mumkin, bu homiladorlikka erishishni qiyinlashtiradi;
  • Gipoterioz tuxumdonlarda kistalar hosil bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin, bu esa homiladorlikka xalaqit beradi;
  • Agar qalqonsimon bez gormonlarni haddan tashqari ko‘p ishlab chiqarsa, moddalar almashinuvi tezlashadi, bu esa ayolning ortiqcha ozib ketishiga olib keladi va homilador bo‘lish imkoniyatini kamaytiradi.

Nima uchun homiladorlik davrida qalqonsimon bezni nazorat qilish muhim?

Homiladorlik davrida gormonlar homilaning normal rivojlanishi uchun muhim rol o‘ynaydi. Qalqonsimon bezning muntazam ultratovush tekshiruvi homilador ayolning sog‘ligini nazorat qilishning ajralmas qismiga aylanadi, chunki bu tekshiruv yordamida har qanday og‘ishlar o‘z vaqtida aniqlanadi va gormonal muvozanat saqlanib turadi.

Qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi homilador ayollarda qachon tayinlanadi?

Qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi homiladorlikning istalgan davrida o‘tkazilishi mumkin, ayniqsa, agar ayolda gipoterioz, giperterioz, tugunli bo‘qoq kabi qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lsa yoki u bunday kasalliklarga moyil bo‘lsa. Ushbu tekshiruv qalqonsimon bez faoliyatining buzilishini ko‘rsatuvchi simptomlar paydo bo‘lganda yoki shifokorning boshqa umumiy tavsiyalariga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin.

Tekshiruvga tayyorgarlik

Qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvi uchun maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi. Bemor qulay kiyim kiyishi va bo‘yin tekshiruvga ochiq bo‘lishi kerak. Jarayon oldidan bo‘yinga krem, losyon yoki boshqa vositalar surish tavsiya etilmaydi, chunki bu tasvir sifatiga ta’sir qilishi mumkin.

Jarayon qanday o‘tadi?

Диагностика щитовидной железы в Ташкенте

IMCda tekshiruv quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Bemor tekshiruv uchun orqasi bilan yotadi, bo‘yin tekshiruv uchun ochiq bo‘lishi kerak.
  2. Shifokor bo‘yinga maxsus gel surtadi, bu ultratovush to‘lqinlarining datchik va teri o‘rtasida yaxshi o‘tishini ta’minlaydi.
  3. Shifokor datchik yordamida qalqonsimon bezni tekshiradi. Datchik ultratovush to‘lqinlarini yuboradi va ularning aks etishini qayd qiladi, bu esa qalqonsimon bez tuzilmasining tasvirini hosil qiladi. Tekshiruv taxminan 15-20 daqiqa davom etadi va og‘riq yoki noqulaylik keltirib chiqarmaydi.
  4. Shifokor olingan tasvirlarni baholab, qalqonsimon bez hajmi, tuzilmasi, to‘qima zichligi va tugunli yoki kistoz tuzilmalarning mavjudligini tahlil qiladi. Ayniqsa, bezning bo‘laklarining simmetrikligi va atrof to‘qimalarning holatiga e’tibor qaratiladi.
  5. Tekshiruv tugagandan so‘ng, diagnostik shifokor bemorga xulosa beradi.

Tekshiruv narxi

Biz har doim eng yuqori sifatli diagnostikani ta’minlab, raqobatbardosh narxlarni taklif qilamiz. Jarayonning aniq narxini tibbiyot markazining administratorlaridan bilib olishingiz mumkin.

Uchrashuv belgilang

    IMC afzalliklari

    Isroil Tibbiyot Markazida (IMC) qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvi bir qator afzalliklarga ega:

    • Zamonaviy asbob-uskunalar: Yuqori aniqlikdagi ultratovush apparatlari aniq natijalarni ta’minlaydi va tashxis qo‘yishda katta yordam beradi.
    • Yuqori malakali mutaxassislar: IMC shifokorlari endokrin kasalliklarni diagnostika va davolash bo‘yicha katta tajribaga ega.
    • Kompleks yondashuv: Biz nafaqat alohida diagnostik tekshiruvlarni taklif etamiz, balki organizmning kompleks chekaplarini ham taklif qilamiz, bu esa endokrinolog maslahati, laboratoriya tahlillari va boshqa zarur tekshiruvlarni o‘z ichiga oladi.
    • Qulaylik va bemorlarga g‘amxo‘rlik: IMCda bemorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan, klinika xodimlari har doim bemorlarga yordam berishga va ularning barcha savollariga javob berishga tayyor.

    Qalqonsimon bez salomatligini Isroil tibbiyot markazida tekshiring

    Toshkentdagi Isroil reproduktiv tibbiyoti va oila salomatligi markazi qalqonsimon bezning sifatli va arzon ultratovush tekshiruvi xizmatlarini taklif etadi.

    Homiladorlikni rejalashtirayotgan har bir ayol uchun qalqonsimon bez sog‘lig‘i va uning gormonal darajasini tekshirish tavsiya etiladi. Buni bizning klinikamizda maksimal qulaylik va 100% aniqlikda o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ishonch bilan amalga oshirishingiz mumkin.

    Bizning shifokorlarimiz bo‘lajak onalar sog‘lig‘iga katta e’tibor bilan qaraydilar. O‘z vaqtida amalga oshirilgan ultratovush diagnostikasi sog‘lom homiladorlik va bolani normal rivojlanishini ta’minlash uchun kerakli choralarni ko‘rishga yordam beradi.

    Natijalar

    Qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi natijalari organning o‘lchamlarini, tugunli o‘smalar, kistalar, yallig‘lanish o‘zgarishlari va boshqa patologiyalar mavjudligini baholashni o‘z ichiga oladi. Shifokor olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi va ular asosida qalqonsimon bez holati, qo‘shimcha tadqiqotlar yoki davolash zarurligi haqida xulosalar chiqaradi. Ultratovush tekshiruvi natijalarini bemor tekshiruv tugashi bilan darhol oladi, bu esa aniqlangan og‘ishlarni tezkorlik bilan davolashni boshlash imkonini beradi.

    Ultratovush tekshiruvi bemorni keyingi boshqarish va davolashning optimal yo‘lini aniqlash imkoniyatini beradi. Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlarni aniqlash va davolash yoki ularni istisno qilish uchun majburiy tekshiruvlardan biri sifatida ushbu organning ultratovush tekshiruvidan o‘tish tavsiya etiladi.

    Tez-tez beriladigan savollar va javoblar

    Homiladorlik paytida qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi qanchalik tez-tez o‘tkazilishi kerak?

    Bu ayolning sog‘lig‘i va shifokor tavsiyasiga bog‘liq. Ba’zi holatlarda homiladorlikning boshida bitta tekshiruv yetarli bo‘ladi, ammo qalqonsimon bez patologiyasi mavjud bo‘lsa, ko‘proq tekshiruvlar talab qilinishi mumkin.

    Agar ultratovush tekshiruvi natijasida muammolar aniqlansa, nima qilish kerak?

    Shifokor qo‘shimcha tahlillar va tekshiruvlarni tayinlashi va olingan natijalarga qarab davolash yoki kuzatish rejasini ishlab chiqishi mumkin.

    Ayollar uchun qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvi qaysi kunlarda optimal hisoblanadi?

    Ayollar uchun bu tekshiruv odatda hayz siklining 7-9 kunlari o‘tkaziladi, chunki bu davrda qalqonsimon bez holati eng yaxshi ko‘rinadi.

    Sharhlar