Ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) – bu bepushtlikni davolashning samarali usuli bo‘lib, farzand ko‘rishni orzu qilayotgan juftliklar uchun umid manbai hisoblanadi. EKU muvaffaqiyatiga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi, jumladan, er-xotinlarning sog‘lig‘i va laboratoriya jihozlarining sifati. Ushbu maqolada IMC mutaxassislari EKU natijalariga nima ta’sir qilishini va muvaffaqiyat ehtimolini qanday oshirish mumkinligini tushuntiradi.
EKU muvaffaqiyati nimaga bog‘liq?
Quyida EKU jarayonining muvaffaqiyatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar keltirilgan:
- Bepushtlik sababi
Bepushtlik turli sabablarga ko‘ra rivojlanadi va bu omillar EKU muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi.
- Bachadon naylari bilan bog‘liq muammolar kabi holatlarda EKU muvaffaqiyat ehtimoli yuqori.
- Genetik yoki endokrin muammolar kabi murakkab sabablarda esa ehtimol nisbatan past bo‘lishi mumkin.
- Yoshi
35 yoshdan so‘ng ayollarda urug‘lanishga qodir bo‘lgan tuxum hujayralar sifati va miqdori sezilarli darajada kamayadi. Shuningdek, erkaklarda ham spemogramma ko‘rsatkichlari bu yoshdan keyin pasayishi mumkin.
- Tuxumdon zaxirasi
Ba’zan ayollarda tuxumdon zaxirasi 35 yoshgacha ham past bo‘ladi. Bu odatda quyidagi sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
- Kichik chanoq a’zolarida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlari.
- Yomon odatlar (masalan, chekish).
- Yallig‘lanish jarayonlari.
- Endometriy holati
Embrionlarni bachadon bo‘shlig‘iga ko‘chirishdan oldin uning shilliq qavati (endometriy) holati baholanadi. Muvaffaqiyatli implantatsiya uchun endometriy ma’lum qalinlikka ega bo‘lishi kerak.
- Gormonal muvozanat
Ayol organizmidagi jarayonlarning aksariyati gormonal fon bilan bog‘liq. EKU muvaffaqiyati uchun gormonlar ko‘rsatkichlari normada bo‘lishi muhimdir.
- Reproduktolog va embriologning mahorati
Reproduktolog tomonidan to‘g‘ri tanlangan protokol va embriologik bosqichlarning mukammal bajarilishi EKU muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
- Klinik jihozlari
Zamonaviy laboratoriya uskunalari – inkubatorlar, lazer uskunalari va mikroskoplar – EKU muvaffaqiyat ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.
Ayollarga EKU muvaffaqiyatini oshirish uchun nima qilish kerak?
Spirtli ichimliklardan voz keching.
Ko‘pchilik reproduktologlar va olimlar fikriga ko‘ra, spirtli ichimliklar ayolning reproduktiv salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, haftasiga 4 marta spirtli ichimlik ichish EKU orqali homiladorlik ehtimolini 16% ga kamaytiradi.
Chekishni tashlang.
Chekish bepushtlik xavfini 1,6 barobarga oshiradi. Sigaret tutuni tuxum hujayralar yetilishiga zarar yetkazadi va tuxumdonlarning holatini yomonlashtiradi. Bu esa EKU natijalariga salbiy ta’sir qiladi.
Kofeinni cheklang.
Hozirgacha kofenin homiladorlikka salbiy ta’siri to‘liq isbotlanmagan. Lekin, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kofe va kofeinli mahsulotlar EKU natijalariga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Kofeni butunlay ichmaslik shart emas, lekin kunlik me’yorni oshirmaslik tavsiya etiladi — 2 stakandan ortiq ichmang.
Vaznni normal holatga keltiring.
Ortiqcha vaznga ega ayollarda bepushtlik uch marta ko‘proq uchraydi. Juda ozg‘in ayollarda bunday qat’iy bog‘liqlik aniqlanmagan, lekin past vazn tuxumdon va endometriy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Vazningiz normal chegaradan chiqib ketsa, dietolog bilan maslahatlashing. Bu nafaqat umumiy salomatlik uchun, balki muvaffaqiyatli EKU va homiladorlik uchun ham muhimdir.
Dorilarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilishni to‘xtating.
Kelajakdagi ko‘plab onalar vitaminlar va biokuklar (masalan, xrom qo‘shimchalari) orqali o‘z organizmlarini qo‘llab-quvvatlashni xohlashadi. Biroq, shifokor tavsiyasisiz dorilar yoki qo‘shimchalarni qabul qilish qat’iyan man etiladi. Bu embrionga katta zarar yetkazishi va homiladorlikni to‘xtatishga olib kelishi mumkin.
Tibbiyot markazini ehtiyotkorlik bilan tanlang.
Klinikani tanlashda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:
- Shifokorlarning tajribasi va malakasi.
- Klinikada zamonaviy EKU uskunalarining mavjudligi.
- Mijozlarning fikrlari va klinikaning obro‘si.
Klinikaga tashrif buyurib, shifokor bilan shaxsiy maslahatlashish ham foydali bo‘ladi.
Muvaffaqiyatga ishonchni yo‘qotmang!
EKU har doim birinchi urinishdayoq muvaffaqiyatli bo‘lmasligi mumkin. Bu jarayon ba’zan murakkab bo‘lib, ko‘p vaqt talab qilishi mumkin. Shunga qaramay, EKU orqali farzandli bo‘lgan ayollar juda ko‘p. Davolanish uzoq davom etsa ham, natija bunga arziydi.
Qanday qilib bizning reproduktiv markazimiz EKU muvaffaqiyatini oshiradi?
IMC’da xalqaro tajribaga ega sertifikatlangan reproduktologlar, ginekologlar, urologlar va embriologlar faoliyat olib boradi.
- Isroil, Rossiya, O‘zbekiston va Belarusdan kelgan shifokorlar PhD darajasiga ega bo‘lib, ASRM va ESHRE kabi nufuzli tibbiy tashkilotlarning a’zolaridir.
- Genetiklar, embriologlar, endokrinologlar va kardiologlar jarayonni tayyorlashga yordam beradi.
- Markazning shifokorlari ilmiy maqolalari xalqaro miqyosda yuqori baholanadi.
Zamonaviy laboratoriya va diagnostika uskunalari
IMC markazi eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan:
- SCA CASA spermoanalizatori — sun’iy intellekt bilan ishlaydigan yagona tizim bo‘lib, spermatozoidlarning motorikasi, konsentratsiyasi, DNK fragmentatsiyasi va boshqa parametrlarni baholash imkonini beradi.
- Time-lapse embriologik inkubatorlar — embrionning rivojlanishini har bir bosqichda kuzatib, eng sog‘lomlarini tanlash imkonini beradi.
- Voluson E10 kabi ekspert darajasidagi UTT apparatlari — 3D va 4D diagnostikani maksimal aniqlik bilan o‘tkazadi.
Tavsiya: Bepushtlik alomatlari paydo bo‘lganda darhol mutaxassislarga murojaat qiling. Vaqtida tashxis va davolash EKU muvaffaqiyatini oshiradi.
Sun’iy intellekt asosidagi EKU dasturlari
IMC reproduktiv tibbiyotda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llaydi:
- Sun’iy intellekt tizimi dori dozalari, punktsiya va embrionlar ko‘chirib o‘tkazish vaqtini aniq hisoblaydi.
- Bu yondashuv giperstimulyatsiya va asoratlar xavfini kamaytiradi, EKU muvaffaqiyatini 29% ga oshiradi.
- Sun’iy intellekt bemor ma’lumotlarini chuqur tahlil qilib, hatto yashirin bog‘liqliklarni aniqlaydi va xatolik ehtimolini minimallashtiradi.
Genetik tadqiqotlar muvaffaqiyatni oshirish uchun
IMC genetik tahlil uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi:
- PGT-A (predimplantatsion genetik testlash) — ko‘chirib o‘tkazish uchun eng sog‘lom embrionni tanlashga yordam beradi.
- Ekzom sekvensiyasi va juftlikning mosligini tahlil qilish natijalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
- Genetik diagnostika IMC markazining o‘z laboratoriyasida o‘tkaziladi, bu biomaterialning buzilish xavfini bartaraf qiladi va natijalarning aniqligini ta’minlaydi.
Kompleks davolash va jarayon nazorati
IMC’da EKU jarayoni yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va barcha bosqichlarning to‘liq nazorati bilan amalga oshiriladi:
- Professor David Levranning rahbarligida protokollar ishlab chiqiladi, u reproduktiv tibbiyot bo‘yicha dunyoga mashhur mutaxassisdir.
- Har bir davolash bosqichi bemorning sog‘lig‘i xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus ishlab chiqiladi.
Dunyo darajasidagi embriologiya
- Embriologlar ishlatadigan barcha materiallar va muhitlar ES va AQSh sertifikatiga ega.
- Time-lapse inkubatorlar embrionlarni tabiiy muhitga yaqin sharoitda rivojlanishini doimiy kuzatish imkonini beradi.
Ko‘p homiladorlik xavfini minimallashtirish
IMC xalqaro standartlarga muvofiq bitta embrionni ko‘chirib o‘tkazadi, bu ko‘p homiladorlik xavfini kamaytiradi.
- Ko‘chirishdan oldin shifokorlar UTT yordamida endometriy holatini baholaydilar.
Qo‘shimcha yordamchi texnologiyalar
- IKSI, PGT, embrionlarni kriokonservatsiya qilish kabi usullar uzoq kutilgan homiladorlikka erishish imkoniyatini oshiradi.
Konsultatsiyaga yoziling
К сожалению, мы не во всех ситуациях можем оказать влияние на результат процедуры. Возрастной фактор, здоровье репродуктивных органов, качество сперматозоидов – те критерии, которые не поддаются влиянию со стороны женщины.
Существуют и положительные аспекты: к примеру, обращение за помощью к компетентному специалисту, рациональное питание, физическая активность (умеренная), воздержание от алкоголя и курения, и вера в то, что все получится, могут намного повысить шансы успешного зачатия.
В нашей клинике работают врачи с многолетним опытом и используется новейшее оборудование. Благодаря этому показатели результативности ЭКО в Израильском медицинском центре выше, чем в среднем по Узбекистану и всем странам Средней Азии. По региональной статистике к заветному результату приводят менее 40% попыток ЭКО. В Ташкенте в Израильском медицинском центре этот показатель по программам ВРТ с генетикой эмбрионов равен 44,5%.
Успех проведения экстракорпорального оплодотворения зависит от множества аспектов, и в IMC мы делаем все возможное, чтобы увеличить ваши шансы на долгожданное родительство. Запишитесь на консультацию к нашим специалистам и начните свой путь к счастливой семье уже сегодня!
Для записи воспользуйтесь формой на сайте, позвоните нам по телефону или напишите в онлайн-чат.
Xizmat ko'rsatish joylari
Shifokorlar
Sharhlar
Хотелось бы выразить благодарность врачам клиники. Замечательный коллектив , профессионалы в своём деле . Была на приеме у гинеколога Исмаиловой З.И. Все грамотно и доступно объяснила и наметили план лечения. Давно искала такого врача, которому можно полностью довериться . Планирую так же посетить в этой клинике эндокринолога , о ней очень хорошие рекомендации пациентов
Очень мне понравилась эта клиника. Приветливый персонал. Хорошие специалисты. Все чисто, стерильно и аккуратно. Всем советую гинеколога Зевар Имамназаровну. Обязательно приходите.
Отличный специалист. Врач внимательный и опытный.Уже не первый раз у врача.
Замечательно, врачи вежливые, обслуживание современное, спасибо врачам, особенно репродуктологу Азамату Амировичу, который ко всему внимателен.
Juda mehribon, saxiy, professional shifokor. U bemorlarga juda nozik yondashadi, qayerda hazil qilishni, muammoni qanday tushuntirishni biladi
Одна из лучших специалистов в Ташкенте у кого мы были. Доктор Ганиева оказывает высокопрофессиональный и максимально скурпулезный подход к каждой роблеме.