Homiladorlik — har bir ayol hayotidagi eng muhim davrlardan biridir. Bu vaqtda bo‘lajak ona va chaqaloqning sog‘ligini to‘g‘ri nazorat qilish ayniqsa muhimdir. Homiladorlikning xotirjam, qulay o‘tishi, va ona hamda bolakayning sog‘lom bo‘lishi uchun, Toshkentdagi Isroil tibbiyot markazi homiladorlikni kuzatishning kompleks dasturlarini taklif qiladi. Bu dasturlarga muntazam skrininglar, mutaxassislarning maslahatlari va keng ko‘lamdagi laboratoriya tekshiruvlari kiradi. Bizning dasturlarimiz eng yaxshi mutaxassislar tomonidan nazorat qilinadi va homiladorlikning barcha trimestrlarini qamrab oladi, ilk bosqichlardan boshlab tug‘ruqqa tayyorgarlikgacha davom etadi. Bizning yuqori darajali shifokorlarimiz homiladorligingiz asoratlarsiz va qulay sharoitlarda o‘tishini ta’minlash uchun hamma narsani qiladilar.
Nega homiladorlikni kuzatish dasturlari kerak?
Homiladorlikni kuzatish — bu homiladorlikning har bir bosqichida ayol va homilaning sog‘lig‘ini nazorat qilishga qaratilgan diagnostik tadbirlar va maslahatlar majmuasidir. Asosiy maqsad — mumkin bo‘lgan asoratlarni o‘z vaqtida aniqlash, patologiyalar rivojlanishining oldini olish va homiladorlikning xavfsiz o‘tishini ta’minlashdir.
Garchi homiladorlik fiziologik jarayon hisoblanadigan bo‘lsa-da, ayol organizmi yuqori yuklamalarga duch keladi. Barcha organlar va tizimlar zo‘riqib ishlaydi, bu esa ko‘pincha surunkali kasalliklarning kuchayishi bilan birga keladi. Ba’zan ayol hatto bilmagan tug‘ma kasalliklarning paydo bo‘lishi ham kuzatiladi. Kechikkan homiladorlik esa ona va bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Asoratlar rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar
Mutaxassislar asoratlar yoki homiladorlikning og‘ir kechishi xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni ajratib ko‘rsatadilar:
- 35 yoshdan yuqori — birinchi tug‘ruq uchun bu yosh xavf omili hisoblanadi va tibbiyot tasnifida «kech homiladorlik» sifatida alohida turkumga ajratiladi. Vaqt o‘tishi bilan ayol tanasida anatomik o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ayolga homilador bo‘lish va bolani ko‘tarib yurish qiyinlashadi. Shu davrda homiladorlikni rejalashtirish asoratlar ehtimolini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
- Qo‘shma patologiyalar: ichki sekretsiya bezlari kasalliklari (gipotireoz, qandli diabet, semizlik); qon bosimining oshishi; koagulyopatiyalar; tizimli vaskulitlar va boshqalar.
- Og‘ir akusherlik va ginekologik anamnez: oldingi homiladorlikning og‘ir kechishi, homiladan tushishlar, abortlar.
IMCda homiladorlikni kuzatish qanday o‘tadi?
Homiladorlikni kuzatish — bu homilaga tayyorgarlik ko‘rayotgan ayolning jismoniy va psixologik sog‘lig‘ini doimiy ravishda shifokorlar tomonidan kuzatish jarayonidir. Nazorat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Aksher-ginekolog qabuliga kelish va keyingi maslahatlar;
- Tor doiradagi mutaxassislar bilan maslahatlar;
- Tug‘ruq oldi davrda sog‘liqni diagnostika qilish.
Agar homiladorlik davomida og‘ishlar aniqlansa, qo‘shimcha tekshiruvlar va tor doiradagi mutaxassislar (gematolog, genetik, endokrinolog va boshqalar) bilan maslahatlar tayinlanadi.
IMCda homiladorlikni kuzatish dasturlari
Isroil tibbiyot markazi homiladorlikning trimestriga qarab uchta dastur ishlab chiqdi. Har bir dastur to‘liq tekshiruv va mutaxassislar maslahatlarini o‘z ichiga oladi.
Multidisiplinar yondashuv va zamonaviy uskunalar ayollarga homiladorlikni kuzatishda keng imkoniyatlar yaratadi:
- Murakkab bo‘lmagan homiladorlikni kuzatish;
- Akusherlik patologiyalari (bachadon miomasi) bilan murakkablashgan homiladorlikni kuzatish;
- Somatik patologiyalar bilan murakkablashgan homiladorlikni kuzatish;
- Erta tug‘ruq xavfi bilan bog‘liq homiladorlikni kuzatish;
- EKUdan keyingi homiladorlikni kuzatish;
- Ikkita yoki uchta homilali homiladorlikni kuzatish;
- Ginekologik kasalliklari bo‘lgan bemorlarning homiladorligini kuzatish.
1-trimestr (12 haftagacha) homiladorlikni kuzatish
Bu bosqichda homiladorlikning erta xavflarini va genetik buzilishlarni erta aniqlash juda muhimdir. Dastur birlamchi va qayta ginekolog, endokrinolog va kardiolog maslahatlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, tuxumdonlar va qalqonsimon bezning UTTsi, TORCH-infeksiyalar, virusli infeksiyalar va rezus-konfliktni istisno qilish uchun biokimyoviy qon tahlillari o‘tkaziladi.
2-trimestr (27 haftagacha) homiladorlikni kuzatish
Ikkinchi trimestrda gestatsion diabet bo‘yicha skrining va tekshiruvga alohida e’tibor qaratiladi. Dastur ginekologning qayta maslahatlarini, homilaning UTT va doplerometriya bilan tekshiruvi hamda bir qator biokimyoviy qon tahlillarini o‘z ichiga oladi.
3-trimestr (27 haftadan tug‘ruqqacha)
Uchinchi trimestr homiladorlikni monitoring qilishning yakuniy bosqichlarini, ayolning tug‘ruqqa tayyorligini baholashni o‘z ichiga oladi. Doplerometriya bilan skrining, organlar UTTsi va ginekolog hamda endokrinolog bilan maslahatlar o‘tkaziladi.
Homiladorlik paytida skrininglar
Skrininglar — bu homiladorlikning turli bosqichlarida homiladagi patologiyalar rivojlanish xavfini aniqlash uchun o‘tkaziladigan noinvaziv diagnostika usullari. IMCda homiladorlikni kuzatish har trimestrda majburiy skrininglarni o‘z ichiga oladi. Skrining testlari homiladagi genetik anomaliyalarni aniqlash va kasalliklarning erta bosqichda rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.
- 1-trimestr skriningi: Homilada xromosoma anomaliyalari rivojlanish xavfini baholash. Genetik kasalliklar (masalan, Daun sindromi) xavfini aniqlash uchun erta bosqichda UTT va biokimyoviy qon tahlili o‘tkaziladi.
- 2-trimestr skriningi: Homilada mumkin bo‘lgan struktural anomaliyalarni aniqlash uchun batafsil anatomiya bahosi. Doplerometriya onaning va bolaning qon aylanishini baholashga yordam beradi, bu homilaning gipoksiya xavfini aniqlashda juda muhimdir.
- 3-trimestr skriningi: Homila va platsentaning holatini monitoring qilish, homilaning o‘sishi va rivojlanishini baholash hamda homiladorlikning kechki asoratlarini aniqlash. Homila holatini va tug‘ruqqa tayyorgarlik darajasini baholash uchun UTT va doplerometriya o‘tkaziladi.
EKU orqali homiladorlikni kuzatish
EKU orqali homiladorlik yuz berganida, uni to‘g‘ri va professional qo‘llab-quvvatlash juda muhimdir. EKU (ekstrakorporal urug‘lantirish) — bu murakkab jarayon bo‘lib, unda homiladorlikning har bir bosqichida, embrionning muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazilganidan boshlab, ayol va homilaning sog‘lig‘ini diqqat bilan kuzatish muhimdir.
Ekstrakorporal urug‘lantirishdan keyingi homiladorlikni qo‘llab-quvvatlash o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu jarayonning murakkabligi, ayol organizmi duch kelgan gormonal yuklamalar, shuningdek, bepushtlik muammosi sabab EKU tavsiya etilganligi bilan bog‘liq.
EKUdan keyingi homiladorlik yuqori xavfli hisoblanadi. Buning sababi, dastlabki bosqichlarda asoratlar, jumladan, ko‘p homilalik, tuxumdonlarni ortiqcha stimulyatsiya qilish, bachadon tashqarisida homiladorlik yoki homilaning rivojlanishining sekinlashishi xavfi yuqori bo‘lishidadir. Ko‘p homilalik homiladorlik alohida kuzatishni talab qiladi, chunki bu erta tug‘ruq, homilaning gipoksiyasi va boshqa asoratlar xavfi bilan bog‘liq.
IMCda homiladorlikni kuzatishning afzalliklari
- Jamoaviy ish: IMCda homiladorlikni kuzatish malakali mutaxassislar jamoasi, jumladan ginekologlar, endokrinologlar, kardiologlar va boshqa shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi.
- Zamonaviy diagnostika usullari: Barcha UTT va laboratoriya tekshiruvlari jahon standartlariga mos yangi uskunalarda o‘tkaziladi.
- O‘z laboratoriyamiz: Bizning o‘z klinik-diagnostika laboratoriyamiz mavjud bo‘lib, unda to‘liq tekshiruvlar hajmi amalga oshiriladi.
- Professional qo‘llab-quvvatlash: Homiladorlikning barcha bosqichlarida to‘liq yordam va tug‘ruqqa tayyorgarlikda maslahatlar beriladi.
- Shaxsiy yondashuv: Har bir bemorni ismi bilan taniymiz. Siz doim shifokoringiz bilan telefon va internet orqali bog‘lanishingiz mumkin.
- Maxfiylik: Bemorlar bilan ishonchli munosabatlarni ta’minlaymiz va maxfiylikka qat’iy rioya qilamiz.
Toshkentdagi Isroil tibbiyot markazida (IMC) homiladorlikni kuzatish — bu homiladorlikning barcha bosqichlarida zarur skrininglar, diagnostika va qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuvdir. Biz bo‘lajak onalar va ularning farzandlari uchun eng yuqori darajadagi xavfsizlik va g‘amxo‘rlikni ta’minlaymiz.
Yo'naltiruvchi shifokorlar
So'rov yuboring
Tez-tez so‘raladigan savollar va javoblar
1. Erta homiladorlikda qanday tahlillar topshirish kerak?
Erta homiladorlikda umumiy qon tahlili, biokimyo, infeksiyalar va TORCH-infeksiyalari bo‘yicha skrining, shuningdek, homila holatini baholash uchun UTT o‘tkazish muhimdir.
2. Homiladorlikning birinchi skriningi qachon o‘tkaziladi?
Birinchi skrining homiladorlikning 11 va 14-haftalari orasida o‘tkazilishi tavsiya etiladi. Bu skrining UTT va genetik kasalliklar xavfini aniqlash uchun biokimyoviy qon tahlilini o‘z ichiga oladi.
3. Homiladorlikda UTTga tayyorgarlik ko‘rish kerakmi?
Standart homiladorlik UTTsi uchun maxsus tayyorgarlik kerak emas, ammo shifokor protsedura oldidan ko‘proq suyuqlik ichishni tavsiya qilishi mumkin.
4. Homiladorlik davrida qanday infeksiyalar tekshiriladi?
TORCH-infeksiyalar, OITS (VICH), sifilis, gepatit B va C, shuningdek, boshqa virusli va bakterial infeksiyalar tekshiriladi.
5. Homiladorlikni kuzatish dasturlariga qanday mutaxassislar maslahatlari kiradi?
Dasturlarga ginekolog, endokrinolog, kardiolog va ayolning sog‘lig‘i holatiga qarab boshqa mutaxassislarning maslahatlari kiradi.
Sharhlar
Отличный специалист. Врач внимательный и опытный.Уже не первый раз у врача.
Замечательно, врачи вежливые, обслуживание современное, спасибо врачам, особенно репродуктологу Азамату Амировичу, который ко всему внимателен.
Juda mehribon, saxiy, professional shifokor. U bemorlarga juda nozik yondashadi, qayerda hazil qilishni, muammoni qanday tushuntirishni biladi
Мы вчера были в этом медицинском центре, надеемся что все будет хорошо вместе с наилучшим врачом Ситорой Ибрагимовной процедура только начинается.
Были у врача получили консультацию. Все хорошо. Мы довольны.
Одна из лучших специалистов в Ташкенте у кого мы были. Доктор Ганиева оказывает высокопрофессиональный и максимально скурпулезный подход к каждой роблеме.